'O‘zaeronavigatsiya' Markazi DUKning asosiy ishlab chiqarish vazifasi havo harakatini rejalashtirish va texnik xizmat ko‘rsatish jarayonlarini muvofiqlashtirishni takomillashtirish yo‘li bilan parvozlar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha talablarning bajarishdan iborat.
Korxona o‘z vakolatlari doirasida samoviy hudud foydalanuvchilarining aeronavigatsiya xizmatlaridagi ehtiyojini qondirish, havo trassalari, mahalliy havo liniyalari, fuqaro aviatsiyasi hududlarida hamda O‘zbekiston Respublikasi hududi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalariga muvofiq boshqaruvi topshirilgan hududlar ustida javobgarligi doirasida aviatsiya ishlarini bajarish hududlarida xavfsiz, tejamkor va muntazam havo harakatini ta‘minlaydi.




Majburiyat chegaralari doirasida havo kemalariga aeronavigatsiya xizmatlarini ko‘rsatish
Aloqa xizmatlari
Flayt-rejalarga ishlov berish xizmatlari
Aeronavigatsiya axboroti hujjatlarini chop etish va foydalanuvchilarga taqdim etish xizmatlari
O‘zbekiston Respublikasi aeroportlarida maxsus tekshiruv texnika vositalariga xizmat ko‘rsatish
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlari
Unumdorlikni oshirish, parvozlar xavfsizligini yuqori darajada ta'minlash, O‘zbekiston Respublikasining aeronavigatsiya tizimiga yangi texnologiyalarni joriy etish, O‘rta Osiyo mintaqasi aeronavigatsiya xizmatlarini yetkazib beruvchilar orasida yetakchi o‘rinlarga ega bo‘lishning asosiy vazifalarni bajarish maqsadida 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqildi va amalga oshirilmoqda.
Ko'proq ma'lumot olish